Eron bilan chegaradosh bo‘lgan hududda qo‘lda yasalgan portlovchi moddaning harakatga keltirilishi oqibatida Pokiston qurolli kuchlarining 6 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda 8-maydan 9-mayga o‘tar kechasi mamlakat qurolli kuchlari general-mayori Babar Iftixar xabar berdi.  

Foto: RIA Novosti

“Janubiy Belujiston chegara korpusi avtomobili qo‘lda yasalgan bombani masofadan turib harakatga keltirish oqibatida portlatilganidan so‘ng, bir nafar zobit va besh nafar askar qurbon bo‘ldi”, – deb yozdi Iftixar o‘zining Twitter sahifasida.

Pokiston QK bergan ma’lumotga ko‘ra, harbiy xizmatchilar Eron-Pokiston chegarasidan 14 kilometr uzoqlikdagi hududda olib borilgan patrul xizmatidan qaytayotgan bo‘lishgan.