Yapon avtokompaniyalari o‘zining chet eldagi zavodlarida ishlab chiqarishni sekin-asta tiklamoqchi, deya xabar berdi “NHK” telekanali.

Foto: RIA novosti

Shunday qilib, «Toyota Motor Corporation» kompaniyasi 13-may kuni Buyuk Britaniyada koronavirus epidemiyasi tufayli martning o‘rtalarida to‘xtatilgan ikkita zavodidan birining faoliyatini qayta tiklaydi. Shuningdek, Turkiyadagi zavodi 12-may kuni ishini davom ettiradi. Avvalroq avtokonsern Polsha va Fransiyadagi zavodlarida ishini tiklagandi. Buyuk Britaniyadagi yana bitta zavodi va Rossiyadagi zavodlarida ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

O‘z navbatida «Nissan Motor Corporation» avtokonserni 18-may kuni Rossiyadagi zavodi va iyunning boshlarida Buyuk Britaniyadagi zavodi faoliyatini tiklamoqchi.

Bundan tashqari, Kiodo agentligining xabariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchi «Suzuki Motor Corporation» 12-may kuni Hindistonning Xaryan shtati  Manesar okrugidagi martning oxirida to‘xtatilgan zavod faoliyatini tiklamoqchi. O‘sha shtatning Gurgaon okrugidagi zavod ham hozircha ishlamayapti.