Minsk shahridan hozirgina 150 nafar fuqarolarimiz tashkil etilgan maxsus charter reys Toshkentga qarab yoʻl oldi.

uzbekistan airways samolyot
Foto: Google

Bu haqda Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Belorussiyadagi vakili Abrorjon Rahmonov maʼlum qildi.

10-may kuni “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi tomonidan Toshkent – Dehli – Toshkent havo yoʻnalishi orqali maxsus (charter) reys tashkil etiladi. Shuningdek, yana 10-may kuni Toshkent-Seul-Toshkent yoʻnalishida charter reys qoʻyilishi kutilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, 8-may kuni BAAdan vatandoshlarni olib kelish uchun charter reys tashkil etildi.

Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-may kungi videoselektor yigʻilishida Oʻzbekistonga qayta olmagan 11 mingga yaqin xorijdagi vatandoshlarni Rossiya, Turkiya, Dubay va boshqa joylardan olib kelinishini aytgan edi.