Tojikistonda 8-may kuni kechqurun COVID-19 koronavirus bilan 90 ta yangi yuqtirish holati qayd etildi, o’tgan kun davomida infeksiya tufayli 6 kishi vafot etdi, deya xabar beradi mamlakat Sog’liqni saqlash vazirligiga tayanib “Aziya-Plyus”.

Foto: Aziya-Plyus

Shunday qilib, mamlakatda ushbu kasalliklarning umumiy soni 612 taga yetdi va 20 kishi ushbu kasallik tufayli vafot etdi.

Sog’liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, 9-may holatiga ko’ra mamlakat kasalxonalarida 4 ming 378 kishi davolanmoqda. Tekshiruvlardan so’ng 522 kishi shu kunga qadar kasalxonadan chiqarilgan.

Mamlakatda 30-aprel kuni birinchi infeksiya 15 kishida qayd etilgan edi.