Yaponiyadagi bir guruh vatandoshlarimiz Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan falokatdan so‘ng suv toshqinidan jabr ko‘rgan vatandoshlarga yordam berish maqsadida 2-may kuni “Sardoba uchun yordam” shiori ostida xayriya aksiyasi boshlashgan. Bu haqda Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining matbuot kotibi

Toʻplanayotgan mablagʻlarning birinchi qismini jamlab, 2200 AQSh dollari miqdoridagi mablagʻni Sirdaryodagi vakilimiz, Abdulloh Musayev orqali, uysiz qolgan, ofatdan aziyat chekkan hamyurtlarimizga yetkazildi va bu ishlar ayni damda ham davom ettirilmoqda.

Yaponiyadagi Oʻzbek jamiyati, Yaponiyadagi Oʻzbekiston yoshlar assotsiatsiyasi (UYAJ), Nagoya-Oʻzbekiston doʻstlik va hamkorlik tashkiloti (FANUZ) shuningdek, “Vatanim” kafe-restorani hamkorligida Yaponiyada yashovchi yurtdoshlar nomidan boshlagan xayriya mablagʻlarning ikkinchi qismi 14-maygacha toʻplanib, Sirdaryoga yoʻnaltiriladi.

Yaponiyadagi oʻzbekistonliklarning xayriyasidan ofatdan aziyat chekib 1-maktab, 3-maktab, Yuridik va Sanʼat kollejlariga vaqtinchalik joylashtirilgan oilalarga umumiy 9,438,000 soʻm miqdoridagi mablagʻ iftorlik va saharlik uchun taomlarga sarflandi. Qolgan mablagʻlarni aholining kundalik ehtiyoji, koʻchishi, qurilishga yordam berish kabi maqsadlarda sarflanmoqda. Ehtiyojmand va bemor hamyurtlarimizga kiyim-kechak, dori-darmonlar yetkazilmoqda.