Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.

Foto: Zarnews

Ya’nikim, shu yilning 4-may kuni soat 15:00 chamasida mudira yashash xonadonida o‘zini osib, o‘z joniga suiqasd qilishi ortidan tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi hamda  viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan, tergovga qadar tekshirish harakatlari davom etirilmoqda.

Mudiraning o‘z joniga qasd qilishi sabablariga oid urchigan gap-so‘zlarga oydinlik kiritilgan holda huquqiy baho beriladi, deyiladi xabarda.