Foto: Google

Ushbu “Yo‘l xaritasi”da Matematika sohasini rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus Jamg‘arma tashkil etish, ta’lim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun maxsus Jamg‘armaning Akademik T.A. Sarimsoqov nomidagi stipendiyasini joriy qilish, Matematika fani va ta’limini rivojlantirishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun o‘qituvchilar va olimlarni moddiy rag‘batlantirish, olimlar va yosh tadqiqotchilarni xorijda o‘tadigan xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, talabalarning xalqaro olimpiadalarda qatnashishlarini rag‘batlantirish, Matematika sohasi bo‘yicha katta muvaffaqiyatlarga erishgan olimlar ishtirokida, yosh olimlar, oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan doimiy ravishda uchrashuvlar, forumlar o‘tkazish va boshqa tadbirlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan, deyiladi xabarda