“Bursa Yildirim Spor” havaskorlar klubi tarkibidagi turk futbolchisi Sevher To’qtash besh yoshli koronavirus infeksiyasiga gumonlangan o’g’lini o’zi o’ldirilganini tan oldi. Bu haqda “Daily Sabah” xabar bermoqda.

Foto: Lenta

Turkiya Superligasi klublaridan birining sobiq o’yinchisi bolaning o’limidan 11 kun o’tgach bu qilmishini tan olgan. To’qtashning o’g’li COVID-19 shubhasi bilan kasalxonaga yotqizilgan. 32 yoshli sportchi bola yo’talib, isitma boshlaganidan keyin shifokorlarni chaqirib, u bilan birga kasalxonaga borgan.

23-aprel kuni futbolchi, o’g’lining nafas olishida muammolar borligini aytib, shifokorlarni palataga chaqirgan. Shifokorlar bolaning hayotini saqlab qola olmadilar. Koronavirus infeksiyasi bilan og’rigan bemorlarga xos bo’lgan alomatlarni hisobga olgan holda, shifokorlar ushbu kasallikni futbolchining o’g’lining o’limiga sabab deb hisoblashgan.

To’qtashning o’zi keyinchalik politsiyaga murojaat qilib, chindan qilmishiga iqror bo’lgan. Turkning ta’kidlashicha, u o’z o’g’lini palatada yolg’iz qolganda yostiq bilan bo’g’ib o’ldirgan. U hech qachon bolani yaxshi ko’rmaganini aytgan.

Politsiya To’qtashni hibsga oldi – sportchi qotillik uchun sud qilinadi. U umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

To’qtash “Hajettepe” klubida o’ynaydi. Superligi tarkibida Turkiyaning eng yaxshi futbol divizionida 7 ta o’yin o’tkazgan edi, deyiladi xabarda.