Foto: Uzreport

Joriy yilning 20 fevral kuni Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy ko’chasi 72, 66/4, 66/2, 66/1 ko’p qavatli uylari  yonida qator daraxtlarining kesilayotganligi yuzasidan  murojaat kelib tushdi.

Murojaatga muvofiq Davlat ekologiya qo’mitasi raisi o’rinbosari, Toshkent shahar boshqarmasi boshlig’i  hamda murojaat muallifi – O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati  bayon etilgan manzilga chiqib, holatni bevosita joyida o’rganmoqdalar.

Ayni vaqtda holatning qonuniyligi yuzasidan o’rganish ishlari boshlandi. Yakunlari bo’yicha batafsil ma’lumot qo’shimcha tarzda taqdim etiladi.