O‘tgan sutka davomida Maqtaaral tumanidagi suv bosgan aholi punktlaridan 1,5 million kub metr, jami 4,5 million kubometr suv so‘rib olindi, deb xabar berdi “Kazinform” Qozog‘iston IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: Kazinform

21 km uzunlikdagi vaqtinchalik to‘g‘on o‘rnatildi va suvni oqizib yuborish uchun 3 ta kollektor o‘rnatildi.

Turkiston viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Chimkent FVD tibbiy tez yordam markazining psixologlari Maqtaral tumanidagi Firdavsiy va Jenis ovullari aholisi bilan suhbatlashdi. Jabrlanganlarga art-terapiya yordamida shoshilinch psixologik yordam ko‘rsatildi.

Ishonch telefoniga ma’lumot olish uchun 150dan ortiq qo‘ng‘iroq kelib tushdi.

Jamoat tartibini ta’minlash uchun Janaturmis, Firdavsiy, O‘rgebas, Jantaqsay qishloqlarida 4 ta nazorat-o‘tkazish punkti tashkil etildi.

Avariya oqibatlarini bartaraf etish uchun Turkiston, Jambil, Qizilo‘rda viloyatlari va Chimkent favqulodda vaziyatlar departamentlari, tez tibbiy yordam markazi, politsiya bo‘limi, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, mahalliy ijro etuvchi organlar xodimlari, 1412ga yaqin volontyorlar va 255 ta transport vositasi, 17 ta suzish vositasi, 130 ta motopompa kunu-tun ishlamoqda.

Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekistondan 205 qutqaruvchi, 38 ta texnika va 85 ta motopompa jalb qilingan.