Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi Aleksandr bogʻida Nomaʼlum askar qabriga qizil atirgullardan iborat guldastani qoʻyish marosimida ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Foto: TASS

“Bizni umumiy xotira va umumiy umidlar, bugun va kelajak uchun umumiy harakatlar va masʼuliyat birlashtirib turadi”, – deb taʼkidlagan davlat rahbari.

Nutqni tamomlab, Putin, bir daqiqalik sukut eʼlon qildi va shundan soʻng qahramon-shaharlar monumentlariga qizil chinnigullarni qoʻydi.

Prezident, shuningdek, Rossiyada bu yil Gʻalabaning 75 yilligi qisqartirilgan formatda oʻtayotgani bilan, kelgusida keng nishonlanadi, deya vaʼda berdi.

Joriy yilda 9-mayda Qizil maydonda va Rossiyaning barcha shaharlarida oʻtkaziladigan anʼanaviy parad koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirildi. Ammo aviatsiya paradlari oʻtkazilmoqda.