Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart To’qayev toshqindan zarar koʻrgan barcha aholi uy joy bilan taʼminlanishi va ularga kompensatsiya berilishini maʼlum qildi.

Foto: Kazinform

Bu haqda Qozogʻiston yetakchisi bugun Twitter akkauntida xabar yozdi.

“Toshqindan zarar koʻrgan Turkiston viloyati Maqtaaral tumanining aholisi yangi yoki taʼmirlangan uy-joy bilan toʻliq taʼminlanadi. Ularning har biriga respublika byudjetidan 100 ming tangadan beriladi”, – deb yozilgan xabarda.

Shuningdek, prezident viloyatda vaziyat toʻliq nazoratga olinganini maʼlum qilgan.