Xorazm viloyatida ham koronavirusga chalingan 10 nafar bemor to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Andijon viloyat hokimligi axborot xizmati

Tuzalganlarning 9 nafari Rossiyadan charter reys bilan Xorazmga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. 1 nafar fuqaro esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, fuqarolarning 2 nafari Namangan viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 8 nafari erkak, 2 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1790 nafarni tashkil etmoqda.