Bugunning ilk xushxabarini Farg‘ona viloyatida 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilganligi haqidagi yangilik bilan boshlaymiz, deb yozadi SSV axborot xizmati.

Foto: O’zA

Tuzalib chiqqanlarning 3 nafari Rossiyadan, 2 nafari esa Germaniya-Rossiya-Qozog‘iston uzoq masofaga qatnovchi xalqaro yuk avtomashinasida kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.

Ularning barchasi erkak bo‘lib, 3 nafari Farg‘ona viloyatidan, 2 nafari esa Buxoro viloyatidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 35 yoshda.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1780 nafarni tashkil etmoqda.