Oxirgi 24 soat ichida Xitoyda bir nafar yangi COVID-19 holati qayd etildi, 53 nafar bemor butunlay sog‘ayib ketdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

Foto: Google

Qayd etilishicha, yangi holat markazga bo‘ysunuvchi Tyanszin shahrida qayd etilgan.

Xitoyda 1681 nafar chetdan kelgan fuqarolarda koronavirus holati qayd etilgan. Ulardan 176 nafari hali ham kasal. 4 bemorning ahvoli og‘ir darajada. Hali o‘lim holati qayd etilmadi.

Epidemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xubey viloyatida koronavirus yuqtirib olish yoki virusdan vafot etish holati qayd etilmadi. Hozirda viloyat shifoxonalarida birorta bemor koronavirusdan davolanmayapti.