Foto: O’zA

2020 yilda sayyohlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 1-o‘rin 100 ballik imkoniyatdan 93,4 ball olgan Shveysariyaga berildi. Ikkinchi o‘ringa 92,7 ball bilan Singapur loyiq ko‘rildi. Uchinchi o‘rinni egallagan Norvegiyaga 91,1 ball berilgan.Sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar o‘ntaligiga shuningdek Luksemburg, Kipr, Islandiya, Daniya, Portugaliya, Finlyandiya va Yaponiya ham kiritildi.

O‘zbekiston ushbu reytingda 70,3 ball olib 46-o‘rinni egallagan. Reyting tuzuvchilarning fikricha, turistlar uchun eng katta xavf, bu tabiiy ofatlardir. Bu yo‘nalishda O‘zbekistonga atigi 25 ball berildi. Ammo, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi yuqori darajadaligi qayd etildi va 81 ball berildi. 

Shuningdek portalda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda kelgan sayyohlarga terrorchilik tahdidi umuman yo‘q.Reytingdagi 46-o‘rin O‘zbekistonni MDH mamlakatlar orasida birinchi o‘ringa olib chiqdi. 

Ro‘yxatda O‘zbekistondan keyingi o‘rinlar quyidagicha bo‘ldi:

Belarus (48-o‘rin), Ozarbayjon (52), Turkmaniston (60), Moldova (66), Gruziya (68), Qozog‘iston (71), Armaniston (72), Ukraina (83), Rossiya (86), Tojikiston (93), Qirg‘iziston (106) egalladi.2020 yilda sayyohlar uchun eng xavfli mamlakatlar uchligiga Markaziy Afrika respublikasi, Kongo demokratik respublikasi va Janubiy Sudan kiritildi.