Ushbu fotosurat ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez ko‘rinib qoladi va har safar ifodalab bo‘lmaydigan o‘zgacha hissiyotlar uyg‘otadi. Xo‘sh, bu «g‘o‘la» odam kim? U oyoqlaridan qay tarzda judo bo‘lgan edi?

Foto: Smena

Ism-sharifi Anatoliy Leopoldovich Golimbiyevskiy. Novorossiyskdagi Semes buxtasida ilk jang olib borgan «Idrokli» («Coobrazitelniy») eskadra minosetssida motorchi bo‘lgan. O‘shanda qirg‘inbarotda faqat u omon qolgan edi.

Qizil flotchi Anatoliy Golimbiyevskiy Kichik yerga qo‘ndirilgan birinchi dengiz piyodalari desanti tarkibida bo‘lgan. Uni jang maydonida topganlarida qo‘l-oyoqlari jarohatlangan, tiriklik nishonasi yo‘q edi.

Dovyurak matrosni Tbilisi gospitalida vrachlar qutqarib qolishdi, biroq yaroqsiz oyoqlarini kesib tashlashga to‘g‘ri keldi. Qizil flotchi bunga shu qadar hayotsevarlik bilan javob qaytardiki, bosh hamshira – gruzin qizi Mirsaning ko‘ngliga yo‘l topdi va unga uylanishga muyassar bo‘ldi. Ularning oilasida Tamara tug‘ildi. Yillar o‘tib, Tamara ota-onasoga nabira hadya etdi. Anatoliy Leopoldovich evarasini ham kutib oldi.

Golimbiyevskiy ko‘rsatgan jasoratlar kontr-admiral S.S.Vorkov «Idrokli» («Soobrazitelniy») haqida yozgan memuarda batafsil yoritilgan.

Anatoliy Golimbiyevskiy 80 yilga yaqin hayot kechirdi. Uning «oltin qo‘llari» metrologiya institutida ish berdi. Bu dargohda Golimbiyevskiy butun umri mobaynida yetakchi muhandis bo‘lib xizmat qildi va minglab mexanizm, qurilma va asboblar tayyorladi. U shahar bo‘ylab va dala hovlisiga qo‘li bilan boshqarishga moslashtirgan avtomobilida o‘zi qatnardi.

Ushbu fotosurat 1989 yili Leningrad qirg‘og‘ida suratkash Ivan Kurtov tomonidan muhrlangan. Unda Naximov bilim yurti kursantlari ofitser boshchiligida faxriy Golimbiyevskiyga chest berayotgani aks etgan. Fotosuratni eng birinchi bo‘lib «Smena» jurnali chop etgan edi.