Boshqirdistonning Timirovo qishlog’ida yong’inni o’chirish paytida olti kishining jasadi topildi, deya xabar beradi “TASS” Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: Google

“Mahalliy vaqt bilan soat 04:09 (Toshkent vaqti bilan 06:09)da, Boshqirdiston Respublikasi Timirovo qishlog’ida joylashgan alohida binoda yong’in haqida xabar kelib tushdi. Yong’in paytida olti kishining jasadi topildi, kimligi aniqlan. 1988-yilda tug’ilgan bir kishi esa jarohat olgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi”, – deyiladi departament xabarida.

Kuygan joylarni tozalash va demontaj qilish davom etmoqda.

Mamlakat Favqulodda vaziyatlar xizmatidagi manbaning so’zlariga ko’ra, yong’inga sabab elektr simlarining nosozligi bo’lishi mumkin, deyiladi xabarda.