Joriy yilning 8-may kuni soat 09:00 larda, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” M-39 avtomobil yo‘lining 1029 km.da haydovchi 1989 y.t. D.M. “Cobalt” rusumli transport vositasini “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha Samarqand tomon boshqarib ketayotib, charchoq sababli rulda uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Natijada, haydovchi 31 yoshli D.M. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar charchoq holatida transport vositasini boshqarmasligingizni, o‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasligingizni so‘rab qolamiz, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.