BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 1945-yil saboqlarini unutmaslikka chaqirdi. Bu haqda “RIA” Novosti xabar bermoqda.

bmt bosh kotibi
Foto: EPA-EFE / GIAN EHRENZELLER

“Xotira va murosa kunida biz Ikkinchi jahon urushi davomida halok boʻlgan millionlab insonlar xotirasiga hurmat bajo keltiramiz va ular chekka uqubatlar haqida unutmaymiz. Biz natsistlar tomonidan amalga oshirilgan xolokost va boshqa ogʻir va oʻta mudhish jinoyatlar haqida unutmasligimiz kerak”, – dedi Guterrish Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar xotirasiga bagʻishlab yoʻllagan murojaatida.

Uning soʻzlariga koʻra, xalqaro birdamlik va umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyatini anglash tushunchasi BMTning yaratilishiga olib keldi va uning bosh vazifasi kelajak avlodni urush falokatlaridan asrashdir.

“Bizning dunyoimiz mojarolar oqibatidan jabr chekishda davom etmoqda. Hatto hozirgi COVID-19 inqirozi paytida biz odamlar orasida nifoq urugʻini yoymoqchi va nafratni tarqatishga boʻlayotgan urinishlarga guvoh boʻlmoqdamiz”, – dedi Guterrish.

“Ushbu 75 yillik sanani nishonlar ekanmiz, 1945-yil sabogʻini yodga olaylik va pandemiyaga barham berish maqsadida hamda tinchlik, xavfsizlik va inson qadr-qimmati gullab-yashnaydigan kelajakni bunyod etishda urinishlarimizni birlashtiraylik”, – dedi u.