Aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Uchtepa filiali mas’ullari tomonidan mansab vakolatini suiste’mol qilish bilan bog‘liq qonunbuzarlik sodir etilgan. Bank mansabdorlari yakka tartibdagi tadbirkor U.T. kredit qarzlari to‘lamay kelayotgani sabab U.T.ning turmush o‘rtog‘i, 1978 yilda tug‘ilgan I.T. nomiga 24 foizlik 30 million so‘mlik kredit rasmiylashtirishadi.

kelishuv shartnoma pechat
Foto: “O‘zstandart” agentligi axborot xizmati

Mazkur kredit go‘yoki 6 dona tikuv mashinalarini xarid qilish uchun “Jamoliddin Saydullayev” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga o‘tkaziladi va naqd holda qaytariladi. Bu pul U.T.ning 70 million so‘mlik kredit qarzlarini to‘lash uchun yo‘naltiriladi.

Bank mas’ullarining noqonuniy xatti-harakatlari bo‘yicha tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi Jizzax viloyat IIB axborot xizmati xabarida.