Qo’shni davlatlarda ahvol qanday? Turkmanistonda hali rasman koronavirusga chalinganlar qayd etilmagan.

Afg`oniston koronavirus
Foto: RIA novosti

2020-yil 9-may holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 4831 kishiga yetdi. Bemorlarning 1631 nafari butunlay tuzaldi. 31 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 9-may holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 25 taga oshib, jami 931 nafarni tashkil etmoqda. Infeksiya tufayli o’lim holati 12 tani tashkil etmoqda.

30-aprel kuni Tojikiston ilk marta koronavirus bilan ilk holatlar qayd etilgani ma’lum qilingan edi. Birdaniga 15 ta holat aniqlangan edi. Bugun, 9-may holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 522 tani tashkil etmoqda va jami 14 ta o’lim qayd etilgan.

Afg’onistonda esa 9-may holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 3778 nafarni tashkil etmoqda. 109 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylandi. 472 kishi esa kasallikdan sog’aydi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 3,9 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 270 ming nafari vafot etgan.