Koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo bo‘yicha futbol o‘yinlari ham vaqtincha to‘xtatilganini yaxshi bilasiz. Endi ayrim davlatlar sekin-asta milliy chempionat bahslarini tiklab, mavsumni yakunlab qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: RBC

Shu bois FIFA ligalar mas’ullari va boshqa tashkilotchilarga bo‘lajak uchrashuvlarda ba’zi istisnolar qo‘llanilishi mumkinligini tavsiya qilmoqda. Uni qabul qilish yoki qilmaslikni o‘zlari hal etadi. Masalan, o‘yinchi almashtirishni 3 kishidan 5 kishiga oshirish mumkin. Bu uzoq vaqt davom etgan tanaffusdan so‘ng futbolchilarning formasini tezroq tiklab olishiga sharoit tug‘diradi.

Shunindek, xohlovchilar ushbu mavsum oxirigacha VARdan voz kechib turishsa bo‘ladi. Chunki videokuzatuv bo‘yicha mas’ul hakamlar odatda juda tor xonada ishlashadi. Pandemiya davrida bu ularning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi FIFAning ushbu takliflarini qo‘llab-quvvatlashgan.