Rossiyada Ulug’ Vatan urushidagi G’alabaning 75 yilligi nishonlanadi. Koronavirus pandemiyasi tufayli Qizil maydonda an’anaviy parad o’rniga aviatsiya bo’linmasi tashkil etiladi. Shuningdek aviatsiya parvozi mamlakatning 47 shahrida va xorijdagi Rossiya harbiy bazalarida amalga oshirilishi rejalashtirgan.

Foto: TASS

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Abadiy olov” oldida nutq so’zlaydi va gullar qo’yadi.

Mavjud vaziyat munosabati bilan ko’plab tadbirlar, jumladan “O’lmas polk” aksiyalari ham onlayn tarzda o’tkazilmoqda. Yubiley dasturi bayramona salom bilan yakunlanadi, deyiladi “TASS” bergan xabarida.