Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra Sovet Armiyasi tarkibida 1,9 mln. ta ot bo‘lgan. Ulardan asosan artilleriya texnikasini tashishda foydalanishgan. Bitta tupni 6 ta ot tortgan.

Foto: Ekolog

Oziq-ovqat, dala oshxonasini tortish otlar zimmasida bo‘lgan.

Otlar 1 kunda 100 km.gacha yurishgan va ulardan aynan eng xavfli hududlarda foydalanishgan.

Lazaretlar ham otlar orqali ko‘chirilgan. Yarador otlarni ham jang maydonida tashlab ketish eng katta qo‘rqoqlik va mardsizlik hisoblangan. Yarador otni gospitalga olib kelib, ularni operatsiya qilishgan. Tuzalganicha front ortiga yuborishgan holatlar juda ko‘p bo‘lgan.

Urush payti qancha ot jang maydonida halok bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q. Ammo Ikkinchi jahon urushida Sovet Armiyasi milliondan ortiq otni yo‘qotganligi ma’lum.