Yevropa Futbol Assotsiatsiyalari uyushmasi qit’adagi “kuz-bahor” tizimini qabul qilgan chempionatlarga xuddi O‘zbekiston chempionatida bo‘lgani kabi “bahor-kuz” tizimiga o‘tishni taklif qilmoqchi.

Foto: UEFA

UEFA koronavirus tufayli ikki oydan buyon to‘xtab yotgan milliy chempionatlarning joriy mavsumni yakunlashi uchun ham shunday yo‘l tutmoqchi. Bunda vaqtincha to‘xtatilgan chempionatlarni avgust-noyabr oylarida yakunlab, yangi 2021 yilgi mavsumni fevral-mart oylarida boshlashlari tavsiya etilmoqda.

To‘g‘ri, qit’aning ayrim mamlakatlari chempionatlarni muddatidan avval yakunlab ham bo‘lishdi, lekin aksari chempionatlar pandemiyaning yakunlanishini va oldindagi besh-o‘nta tur o‘yinlarini davom ettirishni kutishmoqda.