AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo “Stiv Gruber” radio dasturi bilan bo‘lgan suhbatda koronavirusning kelib chiqishi bilan bog‘liq tekshiruvga izoh berdi. U Xitoy xatti-harakatlarini tanqid qildi va uni sobiq ittifoq davlati bilan taqqosladi.

Foto: Google

Davlat kotibi Pekin G‘arb siyosatini qabul qilmasa, uni achinarli qismat kutayotganligini ta’kidladi. “Ushbu avtoritar tizim bizdan farq qiladi… Xitoy kommunistik partiyasi hal qilishi kerak, ular haqiqatdan ham sivilizasiyali millatlarning bir qismi bo‘lishni xohlashadimi yoki ular o‘z yo‘llarida davom etadilarmi? Biz barchamiz sobiq ittifoq davlati tarixini yaxshi bilamiz”, – deya ta’kidladi u.

Shu bilan birga Pompeo Xitoy G‘arbning eng xavfli dushmani ekanini va u texnologiya, harbiy kuch, savdo aloqalari va moliyaviy sohalarda G‘arb bilan raqobatlashayotganini qo‘shimcha qildi.