Foto: Interfax

Gazetada qayd etilishicha, faqat yuqorida aytib o’tilgan ikki turdagi tovarlarni sotish va reklama qilish taqiqlanadi.

Shu bilan birga, “Daily Mail” xabariga ko’ra, ushbu taqiq Buyuk Britaniyada kamin yoki o’tinli pechka bo’lgan 2,5 million xonadonga ta’sir qiladi. Gaz va ko’mir o’tinini taqiqlash sababli kamin va pechkaning egalari qimmatroq alternativa – quruq o’tin yoki tutunsiz ko’mirga o’tishga majbur bo’lishadi, deb yozadi gazeta.

Nashrning ta’kidlashicha, Buyuk Britaniyada yiliga 2,5 million tonna o’tin sotiladi. Bundan tashqari, har yili Buyuk Britaniya aholisi o’z uylarida 350 ming tonna ko’mir yoqishadi.

Quritilmagan o’tinning tarkibida 20% dan ortiq suyuqlik bor, bu quruq yog’ochdan ko’ra yonish paytida ko’proq tutun va PM2.5 zarralarini chiqarishga olib keladi, deyiladi xabarda.