8-may kuni “Uzbekistan Airways” Birlashgan Arab Amirliklaridan Toshkent (TAS) – Sharja (SHJ) – Toshkent (TAS) yo’nalishida HY-3563 / HY-3564 maxsus charter reysini amalga oshirdi.

Foto: Nuz

Barcha yo’lovchilar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tegishli talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi, deya xabar berdi “Tashkent Sky News” telegram kanaliga tayanib O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-may kungi videoselektor yigʻilishida Oʻzbekistonga qayta olmagan 11 mingga yaqin xorijdagi vatandoshlarni Rossiya, Turkiya, Dubay va boshqa joylardan olib kelinishini aytgan edi.