Gongkong parlamentida, majlisni kim boshqarishi borasida yuzaga kelgan tortishuv mustaqillik tarafdorlari va xitoyparast deputatlar o‘rtasidagi mushtlashuvga aylanib ketdi.

Foto: Sof

Parlament raisi Starry Lee mushtlashuvni to‘xtatish uchun politsiyani yordamga chaqirgan. Janjal oqibatida ko‘plab deputatlar jarohatlanganligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Gongkong 1842-yildan 1997-yilgacha Britaniya mustamlakasi bo‘lgan. Ayni vaqtda u Xitoy tarkibiga maxsus ma’muriy tuman sifatida kiradi.

Gonkong aholisining katta qismi Xitoydan to‘laqonli mustaqil bo‘lishlikni talab qilib keladi.