Qahvaning erta oʻlim xavfi bilan bogʻliqligini aniqlash uchun tadqiqot oʻtkazgan mutaxassislar kutilmagan xulosaga kelishdi.

Foto: Diamond online

Maʼlum boʻlishicha, ushbu issiq ichimlik erta oʻlim xavfi ehtimolini, aksincha, 12 foizga kamaytirar ekan.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, ushbu xususiyat ichimlik tarkibidagi kofein bilan bogʻliq boʻlib, aynan u miya hujayralariga ijobiy taʼsir qiladi va markaziy asab tizimini ragʻbatlantiradi.

Bundan tashqari, uni isteʼmol qilish charchoqdan xalos boʻlishga, shuningdek, tetiklashishga yordam beradi.

Qahvaning yana bir kutilmagan foydasi Alsgeymer va Parkinson kasalligi kabi nevrologik kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytirar ekan.

Shuningdek, qahva ichish diabet va hatto ayrim saraton, shu jumladan, jigar saratoni ehtimolini pasayishiga yordam beradi. Ushbu issiq ichimlik anestezik taʼsirga egaligi bois uni isteʼmol qilish mushaklar ogʻrigʻini ham yengillashtiradi.