Amerikaning “Facebook” kompaniyasi oʻz xodimlariga joriy yil oxirigacha masofadan ishlashga ruxsat berdi.

Foto: Google

Bu haqda “CNBC” kompaniya vakilining soʻzlariga tayanib xabar berdi. Taʼkidlanishicha, gap oʻz ishini masofadan turib bajarishi mumkin boʻlgan xodimlar haqida bormoqda.

Shu bilan birga, “Facebook” oʻz ofislarining koʻpini 6-iyul kuni ochmoqchi. Ammo ushbu ofislarda ishlash uchun ayni qaysi xodimlar jalb etilishi hali nomaʼlum.