8-may kuni ertalab O’rtayer dengizi bo’yida yugurgan va suzayotgan o’nlab odamlarni ko’rdik, deb yozadi “AFP” nashri.

Foto: Sputnik

COVID-19 epidemiyasi boshlangandan beri birinchi marta Barselonada plyajlar ochildi. Rasmiylarning buyrug’iga binoan, odamlar ertalab soat 6 dan 10 gacha sport bilan shug’ullanishlari mumkin.

Ta’kidlanishicha, sohilda qoidalarni buzgan odamlar ham bo‘lgan. Xususan, bitta yigit sohilda o’tirib, meditatsiya qilardi. Biroq, politsiya kelganidan keyin barcha jinoyatchilar sohilni tark etishgan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Ispaniyada 256 mingta koronavirusli bemor ro’yxatga olingan , qariyb 164 ming kishi tuzalgan Kasallikning qurbonlari 26 ming taga yetgan.