“Lufthansa” xalqaro aviakompaniyasi daromadlarni saqlab qolishga qaratilgan kelishuv shartlari boʻyicha Germaniya hukumati bilan muzokaralar olib bormoqda.

Foto: Google

“CNN” xabariga koʻra, aviakompaniya allaqachon bankrot boʻlish arafasida. Taʼkidlashicha, kompaniya har soatda 1 million dollarni qoʻldan boy bermoqda.

5-may kuni virtual shaklda boʻlib oʻtgan yillik umumiy yigʻilishda Lufthansa 1,2 milliard yevro (1,3 milliard dollar) yoʻqotganini maʼlum qildi va bu xalqaro aviakompaniyaning hozirgi ahvoli juda yomon holatda eknaligini namoyish etdi.

Bundan tashqari, Bloomberg’ning taʼkidlashicha, Lufthansa Group rahbariyati aksiyadorlarning kompaniyani qanday qutqarish rejalari haqidagi savollariga javob bermayapti.

Shu bilan birga, Shveysariya hukumati mahalliy aviatashuvchilarga 1,5 milliard dollar miqdoridagi kreditning 85 foizini kafolatlashga rozi boʻlganligi maʼlum qildi. Shveysariya xalqaro havo yoʻllari – mamlakatdagi eng yirik kompaniya. Ammo bu guruhga Germaniya, Avstriya va Belgiyadan yuk tashuvchilar ham kiradi, shuning uchun Lufthansa yordam soʻrashda davom etmoqda.

Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, kompaniya Germaniya hukumati bilan 10 milliard yevro miqdoridagi moliyaviy yordam toʻgʻrisida kelishib, hukumatga kompaniyaning 25.1 foiz ulushini va kuzatuv kengashidan joy taklif qilmoqda.

Biroq tahlilchilar hukumatning aralashuvi Lufthansaʻni rejalashtirilgan qayta qurish dasturini tezda amalga oshirish qobiliyatiga xalaqit berishi mumkinligidan xavotirda, bu uning parkini 13 foizga qisqartiradi, ish joylarini esa 10,000 taga kamaytiradi. Maʼlumot oʻrnida, xodimlarning uchdan ikki qismi yoki 80 mingdan ortigʻi allaqachon qisqartirilgan jadval asosida ishlashmoqda.

Shu bilan birga, kompaniya rahbariyati nazorat toʻliq davlatga oʻtmasligini taʼkidlamoqda. Umumiy yigʻilish davomida Lufthansa bosh direktori Karsten Spor kompaniya oʻzining “qaror va harakat qilishdagi tadbirkorlik erkinligini” saqlab qolmoqchi ekanligini qoʻshimcha qildi. “Shu bois bizga hukumat emas, balki uning yordami kerak”, – deydi bosh direktor.