Andijonda noqonuniy pul aylanmasiga chek qoʻyildi. Dollarni noqonuniy muomalaga kiritigan uddaburonlar Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda qoʻlga olindi, deb yozmoqda “Xalq so’zi.

Foto: RBK

Maʼlum qilinishicha, fuqarolar I.Z., M.I. va D.T. oldindan til biriktirib, fuqaro J.B.ning bank plastik kartasida boʻlgan 230 mln soʻm pulini 4 foiz ustama olib qolish sharti bilan naqdlashtirib bergan. Evaziga 21 775 AQSH dollarini har bir AQSH dollarini 10 140 soʻmdan hisoblab 220,8 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar I.Z., M.I. va D.T.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda, deyiladi xabarda.