Koronavirus epidemiyasining ikkinchi toʻlqinining oldini olish uchun kambagʻal mamlakatlarda uning tarqalishini toʻxtatish kerak.

Foto: Dunyo

Bu haqda BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar boʻyicha oʻrinbosari Mark Loukok maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, agar AQSh va Yevropa davlatlari qashshoq mamlakatlarga yordam bermasa, dunyo koronavirus infeksiyasining yangi zarbasiga duch keladi va virus AQSh, Yevropa va boshqa gʻarbiy davlatlariga yana qaytadi.

Loukok, shuningdek, agar hozir hech qanday chora koʻrilmasa, turli mojarolar, ochlik va qashshoqlikning keskin koʻpayishiga tayyor boʻlish kerakligi haqida ham ogohlantirdi.

Avvalroq BMT dunyodagi 37 ta qashshoq davlatga koronavirus bilan kurashishda yordam berish uchun 1 milliard dollar miqdorida mablagʻ ajratganini maʼlum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 3,8 milliondan ortiq odam ushbu infeksiyani yuqtirib olgan, 260 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.