Foto: Human

To‘lovlar ish beruvchi va sug‘urta kompaniyasi tomonidan marhumning turmush o‘rtog‘iga 12 fevral kuni o‘tkazib berilgan. Bundan tashqari, marhumning dafn marosimi xarajatlari uchun 8 mln so‘m ajratilgan. Marhumning qaramog‘ida bo‘lgan besh nafar oila a’zosining har biriga 650 ming so‘m miqdorida nafaqa har oy to‘lab borilishi boshlangan.

“Maxsus komissiya qarori bilan yana 5 nafar halok bo‘lganlar oilalariga ham bir martalik nafaqa pullari, shuningdek, mehnatga layoqatli bo‘lmagan oila a’zolari uchun oylik kompensasiya to‘lovlarini belgilagan. Ularga to‘lovlarni mehnat shartnomasini tuzgan firma amalga oshiradi”, -deyiladi xabarda.