6-may, chorshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanida g‘aroyib jonivor paydo bo‘ldi.

Foto: Sof

Respublika Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish​ qo‘mitasi inspeksiyasi xodimlari voqea joyiga borib o‘rganishganda, ushbu noyob hayvon Qizil kitobga kiritilgan olakuzan ekanligi aniqlandi.

Jonivor tumandagi “Jana-qala“ ovulida yashovchi B.Jeksenbayevning xonadonga kelib qolgan.

Oxirgi yillarda yerlarning o‘zlashtirilishi natijasida olakuzan keskin kamayib ketgan. Hozir mamlakatimizda taxminan besh mingtachasi saqlanib qolgan. Qizilqum va Zarafshon qo‘riqxonalarida muhofaza qilinadi.

Ushbu jonzod Nukus hayvonot bog‘iga topshirildi.

Avvalroq xuddi shunday noyob jonzod Surxondaryoda ham topilgani xabar qilingan edi.