Farg‘onalik sportchi Azizjon Ibragimov Tokioda bo‘lib o‘tadigan XVI Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Foto: “UzAuto Motors” axborot xizmati

Ushbu o‘yinlariga yo‘llanma (litsenziya) beruvchi Jahon va Xalqaro musobaqalar COVID-19 epidemiyasi tufayli o‘tkazilishi zarur bo‘lgan musobaqalar qoldirilgan va shu sababli sportchiga avval qatnashgan musobaqalardagi yuqori natijalari inobatga olinib yo‘llanma berildi.

Farg‘ona viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Paralimpiya assotsiatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamkorligida sportchiga “Nexia 3” avtomashinasi sovg‘a qilindi.

Xabarda avtomobilning moliyalashtirish manbasi bo‘yicha ma’lumot berilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yozida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Tokio yozgi Olimpiadasi va Paralimpiyadasi rasman 2021-yilga ko‘chirilgan edi.

Keyinroq, musobaqaning tashkiliy qo‘mitasi raisi Yoshiro Mori o‘yinlar butunlay bekor qilinishi mumkinligini bildirgan edi.