Sirdaryo viloyatidagi Sardoba to‘g‘on falokati tufayli og‘ir ahvolda qolganlarga yordam maqsadida O‘zbekistondagi turklar va turk tadbirkorlari, O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlar uyushmasi (UTID) va Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida “Turkiyadan salomlar! Sardoba, Biz birgamiz!” deb nomlangan jamg‘arma falokatning dastlabki kunidanoq tashkil qilingan edi. 

Foto: Google

Bugungi kunga kelib jamg‘armada 686 500 000 so‘m va 10 300 AQSh dollari miqdorida yordam puli yig‘ildi. Ushbu mablag‘ O‘zbekiston hukumati tomonidan Sardoba uchun ochilgan rasmiy hisobga o‘tkazildi. 

Ushbu aksiya davom etmoqda va kelgusida yig‘iladigan moddiy yordam takror e’lon qilinib, rasmiy hisob raqamiga o‘tkaziladi. 

“O‘zbekistonda yashaydigan turklar har qanday vaziyatda har doim  O‘zbekistonlik birodarlarimizga dalda bo‘lishda davom etadilar”, – deyiladi Turkiya elxixonasi yuborgan xabarnomada.