Toshkent viloyatida “Tashkent Pharma Park” klasteri loyihasi bir qismini Koreyaning Eksimbanki tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Bu haqda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov hamda Koreya iqtisodiyot va moliya vaziri Xon Nam Ki o‘rtasida bo‘lib o‘tgan videokonferensiyada ma’lum qilindi.

Foto: Sof

Shuningdek, Koreya tomoni farmaklasterga yetakchi Koreya kompaniyalarni klasterda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etish ishlarini faollashtiradi.

O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari ularning Koreyada muvaffaqiyatli ishlash tajribasiga asoslanib alohida ko‘rib chiqildi – xususan, “Angren” EIZ hududining bir qismini “Inchon” EIZning ishonchli boshqaruviga topshirish loyihasi doirasida Koreyaning transport vazirligi va “El Eych Korporeyshn” korporatsiyasining Koreyada infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislaridan iborat Koreya ishchi guruhini O‘zbekistonga yuborish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, Koreya tomoni O‘zbekistonda Koreya granti asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli innovatsion loyiha – Milliy elektron tijorat onlayn-platformasini yaratish bo‘yicha loyihaning 2-bosqichini amalga oshirishni boshlashga tayyorligini bildirdi.

Agrar sektorida o‘zaro savdoni oshirishdagi muhim qadam Koreya standartlariga muvofiq O‘zbekiston karantin xizmatni tashkil etilishi bo‘lib, buning uchun O‘zbekistonda zamonaviy o‘simlik karantin laboratoriyasi tashkil etiladi.