Facebook bir necha yil ichida ilk marotaba Rossiyada giyohvand moddalarning ochiq reklamasini joylashtirdi. Bu haqda “The Bell” nashri xabar bermoqda.

Foto: 112

Aprel oyi oxirlarida darknetdagi Hydra platformasida faoliyat yurituvchi onlayn narkotik magazin XTC Market do‘koni reklamalari Facebook foydalanuvchilari e’tiborini tortdi. Reklama onlayn radio reklama niqobi ostiga yashiringan. Hozirga qadar ijtimoiy tarmoqda faqat narkokurerlarni yollash bo‘yicha e’lonlar turibdi.

Facebook’ning “Reklama siyosati” noqonuniy faoliyat, xizmatlar yoki mahsulotlarni “targ‘ib qiluvchi yoki targ‘ib qiladigan” reklamalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri taqiqlaydi.