Turkiyaning TAV Airports Holding shirkati Olmaota xalqaro aeroportining yuz foizlik aksiyalarini sotib oldi. Bu haqda “Tengrinews” nashri xabar bermoqda.

Foto: Tengrinews

Shartnoma 415 million dollarga imzolangan.

TAV Airports Holding Olmaotadan tashqari yana 14 ta aeroportga egalik qiladi. 

Kompaniya 1997-yilda Tepe va Akfen kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan. Asosiy faoliyati Istanbuldagi Otaturk aeroporti, Esenbog‘a aeroportining xalqaro terminali (Anqara), Adnan Menderes (Izmir), G‘oziposho-Antaliya, Turkiyaning Milas-Bodrum aeroportlaridagi xalqaro terminallarni boshqarish hisoblanadi.

Kompaniya 2018-yilda 152 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan hamda qariyb 1 million reyslarni amalga oshirgan.