Koronavirus +30 °C issiqda oʻzining infeksion faolligini yoʻqotadi, deb xabar qildi Rossiya isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiluvchi muassasa – “Rospotrebnadzor”.

Foto: Google

“Yangi koronavirus SARS-CoV-2 issiq havoni yoqtirmaydi va +30°C daraja issiqda oʻzining infektsion faolligini yoʻqotadi. Shuningdek +70°C daraja issiqda virus mutlaq faolligini yoʻqotadi”, – deyilgan muassasa xabarida. 

huningdek, kam darajali namlik va quyosh nurlari ham koronavirus yoʻq boʻlib ketishiga olib keladi. deyilgan mutaxassislar xulosasida. 

Biroz oldin Rossiya meterologiya markazi ham havo harorati isishi bilan koronavirus faolligi pasayishini bashorat qilishgan edi. 

Maʼlumot uchun, Rossiyada soʻnggi sutka ichida COVID-19’ga chalinganlar soni 83 ta hududda 10 699  kishini tashkil qildi. Kasallanganlar jami soni esa 187 mingdan ortiq.