Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-may VM-272-son qarori bilan Toshkent shahridagi Britaniya menejmenti universiteti tashkil etilgani haqida xabar berilgan edi.

OTM talaba dtm universitet
Foto: Google

Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanib, unda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasida amalda mavjud ta’lim shakllari hamda ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Universitet granti asosida) 20 nafardan kam bo‘lmagan abiturientlar o‘qishga qabul qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.