Joriy yil 4-may kuni soat 16.30 da 33 yoshli X.X., Bo‘stonliq tumani Xo‘ja MFYda qo‘shnilari 42 yoshli M.M. va 47 yoshli K.M.,larni turmush o‘rtog‘i 35 yoshli U.X., bilan o‘rtalarida avvaldan mavjud bo‘lgan nizo sabab o‘zaro ushtlashayotganliklarini ko‘rib, M.M. va K.M., larga tan jarohati yetkazish va turmush o‘rtog‘ini ajratib olish maqsadida ularning yoniga borib, qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan M.M. va K.M.,larga tan jarohati yetkazgan.

Foto: Xalq so’zi

Natijada M.M. va K.M.,lar olgan tan jarohatlari bilan Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan, sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ikkalasiga ham “og‘ir” tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida bir dona oshxona pichog‘i va qon dog‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan, deb xabar bermoqda Tergov departamenti axborot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.