Tojikistonda 8-may kuniga kelib COVID-19 koronavirus infeksiyasining 61 ta yangi holati qayd etildi, o’tgan kun davomida 2 kishi vafot etdi, deb xabar beradi mamlakat Sog’liqni saqlash vazirligi.

Foto: Aziya-Plyus

Shunday qilib, mamlakatda ushbu kasalliklarning umumiy soni 522 kishiga yetdi va kasallikdan 14 kishi vafot etdi.

Sog’liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, 8-may kuni mamlakatdagi shifoxonalarda 4286 kishi vrachlar nazorati ostida qolmoqda, so’nggi kunlar davomida 420 kishini tibbiy ko’rikdan so’ng uylariga yuborilgan.

Vazirlik fuqarolarni shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishga chaqirgan.

Mamlakatda 30-aprel kuni birinchi infeksiya qayd etilgan edi.