Avvalroq, endilikda, hududlarni «sariq», «qizil» va «yashil» toifalarga ajratish tuman (shahar)lar darajasida ham amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.

Foto: Google

Qizil (oxirgi 14 kun ichida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlangan) hududlar: Yangi yo‘l shahri, Oqqo‘rg‘on tumani, Zangiota tumani, Parkent tumani, Yangi yo‘l shahri.

Sariq (oxirgi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq ushbu kasallikka chalingan va davolanayotgan shaxslar mavjud bo‘lgan) hududlar: Angren shahri, Chirchiq shahri, Bekobod tumani, Qibray tumani, Quyi Chirchiq tumani, O‘rta Chirchiq tumani, Chinoz tumani, Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent tumani.

Yashil (koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan yoki aniqlangan shaxslar to‘liq sog‘aygan) hududlar: Olmaliq shahar, Ohangaron shahar, Bekobod shahri, Nurafshon shahri, Ohangaron tumani, Bo‘stonliq tumani, Bo‘ka tumani, Piskent tumani.