AQSh hukumati, Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) qoshidagi Tabiiy ofatlarda yordam ko‘rsatish boshqarmasi orqali, eng muhim qishloq xo‘jaligi hududlarining biridan o‘n minglab kishilarning ko‘chirilishiga sababchi bo‘lgan Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori qisman o‘pirilishi natijasida O‘zbekistonda olib borilayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Foto: Gazeta

USAID mahalliy bir tashkilotga tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan oilalarga muhim yordam vositalari sotib olish va yetkazib berish uchun 100 000 dollar ajratmoqda. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

“Sirdaryo viloyati aholisiga chin dildan hamdardlik bildiraman. O‘zbekiston hukumati va fuqarolari ushbu falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun tezda safarbar etildi,”- dedi AQSh elchisi Daniyel Rozenblyum. “AQSh hukumati bu ofatdan zarar ko‘rgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanadi”.

AQSh hukumati bu mablag‘dan foydalanib suv ombori o‘pirilishi natijasida o‘z uylaridan ko‘chirilgan muhtoj oilalarga oziq-ovqat va boshqa zarur vositalarni tarqatish orqali O‘zbekistonga mazkur inqirozdan qutulish va qayta tiklanishda yordam beradi. Favqulodda ko‘mak bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llashdan tashqari, USAID O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodini diversifikatsiyalash, mintaqaviy savdoni kuchaytirish, sog‘liqqa jiddiy tahdidlarni bartaraf etish hamda aholi ehtiyojlarini qondirish uchun hukumat imkoniyatlarini shakllantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi.