Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 7-may kuni soat 18:30 larda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani hududidan o‘tgan 4R-90 “Qarshi-Beshkent-Kasbi-Koson” avtomobil yo‘lining 29 km.da, haydovchi 1967 y.t. R.R. “Cobalt” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, o‘zidan oldinda shu yo‘nalishda chap tomonga burilayotgan, haydovchi 1989 y.t. F.I. boshqaruvidagi “Kamaz 5511” rusumli yuk transport vositasini quvib o‘tmoqchi bo‘lib, orqa chap tomoniga borib urilgan.

Natijada, “Cobalt” rusumli transport vositasi haydovchisi 53 yoshli R.R. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Kasbi tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.